Mahmud Murodovning raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
16 mart
11767Avvalroq, o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov shu yilning 4 may kunida tashkilotdagi navbatdagi jangini o‘tkazishi xabar qilingandi.
O‘sha kuni Murodov Braziliyaning Rio de Janeyro shahri mezbonlik qiladigan UFC 301 turniri doirasida mezbon sportchi Mishel Pereyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda UFC'ning rasmiy posteri e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Pereyra MMA'da 42 ta jang o‘tkazib, 30 marta g‘alabaga erishgan, 12 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Oxirgi jangini 9 mart kuni polshalik Mixal Oleksiychuk qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Mahmud Murodov esa UFCʼda 6 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 marta mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan. 34 yoshli Murodovning 1 ta jangi esa o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.