Mahmud Murodov jang oldidan taroziga chiqdi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 28 sentyabr kuni Daniya poytaxti Kopengagenda UFC Fight Night 160 turnirida o‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov promoushendagi ilk debyut jangini o‘tkazadi. 

Shu kuni Murodov italiyalik Alessio Di Kirikoga qarshi kurashadi. 

Bugun, 27 sentyabr kuni jang oldidan Mahmud Murodov va uning raqibi taroziga chiqdi. Unga ko‘ra Mahmud 83,9 kilogramm, Di Kiriko esa 84,4 kilogramm tosh bosdi. 

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning jamoasi a’zosi bo‘lib, u "Oktagon" va "XFN" Yevropa ligalarida o‘ynagan. Murodov MMAda 22 g‘alaba va oltita mag‘lubiyat qayd etgan.

Yaqinda Floyd Meyvezerning o‘zi Mahmud Murodovni dunyoning eng yaxshi MMA jangchisi degandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov jang oldidan

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing