Mahmud Murodov UFC’dagi g‘alabasini Prezident Mirziyoyevga atadi
Sport
−
08 dekabr 2019
9386Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasidagi o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi o‘tkazdi. U ikkinchi jangini ham muvaffaqiyatli yakunlab, raqibini nokautga tushirdi. Jang Vashingtondagi musobaqa doirasida bo‘lib o‘tdi.
Oktagonga ko‘tarilgan Murodov raqibini so‘nggi uchinchi raundda chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Jangdan so‘ng Murodov muxlislariga videomurojaat yo‘lladi va unda ushbu g‘alabasini O‘zbekistonga xalqiga va Prezidentga bag‘ishlashini aytdi. Shuningdek, u uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.
38 yoshli amerikalik Trevor Smit UFC’da 11 ta jang o‘tkazgan. Ulardan 5 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi debyut jangini italiyalik Alessio di Kirikoga qarshi o‘tkazib, ustunlikka erishgan edi.