Mahmud Murodov Nursulton Ro‘ziboyevni ortda qoldirdi
Sport
−
25 iyul 2023
6562O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov Amerika vakili Brayan Barberena ustidan qozongan g‘alabasi orqali o‘rta vazn toifasida UFC reytingining 29-pog‘onasidan joy oldi. Mazkur vazndagi boshqa bir O‘zbekiston vakili Nursulton Ro‘ziboyev esa ilk jangida braziliyalik tajribali raqibi Bruno Ferreyrani nokautga uchratganidan keyin reytingda 108 pog‘ona yuqorilab, 29-o‘rinda qayd etilgandi. Endilikda u o‘z o‘rnini Murodovga bo‘shatib bergan holda, 30-pog‘onadan joy oldi.
Ta’kidlash joizki, Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi ikkinchi jangida ham braziliyalik sportchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang joriy yilning 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va unda Ro‘ziboyev Kayo Borralo bilan jang o‘tkazadi. Hozirda reytingning 30-o‘rinidan joy olib turgan o‘zbekistonlik navbatdagi bahsda ham g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, keyingi jangini top-15 ga kirish uchun o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev bunga qadar 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangida g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Uning UFC'dagi natijasi 1-0 ko‘rinishida. Murodov esa faoliyati davomida 34 ta jangda ishtirok etib, ularning 26 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u UFC'da 6 ta jang o‘tkazib, 4 tasida g‘olib bo‘lgan.
LiveBarchasi