Mahmud Murodov koronavirusga chalindi. Uning UFC’dagi jangi qoldirildi

Sport

image

O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodovning (24-6) UFC`dagi uchinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.

31 oktyabr kuni Mahmud Murodov UFC Vegas 12 turnirida navbatdagi jangini o‘tkazishi lozim edi.

“Afsuski, sizlarga ushbu xabarni yetkazishimga to‘g‘ri kelmoqda. 31 oktyabrdagi jangim bekor qilindi. Chunki COVID-19 ga topshirgan testim ijobiy natijani ko‘rsatdi”, deya yozgan u.

Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov 31 oktyabr sanasida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC kechasida Kevin Hollandga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Aslida, Murodov ushbu kechada Kshishtof Yotkoga (22-4) qarshi jang qilishi lozim bo‘lgan, biroq polshalik sportchi jarohat sabab safdan chiqishi ortidan uning o‘rnini Holland egallagandi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang o‘tkazgan. U UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4, 9 KO) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10, 10 KO) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov

Baholaganlar

328

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing