Mahmud Murodov ilk jangida g‘alaba qozondi
Sport
−
29 Sentabr 2019 8059 1 daqiqa
O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov bugun UFCda ilk jangini o‘tkazdi.
Ushbu jangda Mahmudga italiyalik Alessio Di Chiriko raqiblik qildi. Murodov dastlabki ikki raundda yaxshi harakat qildi va o‘zi uchun muhim ochkolarni ishlab oldi.
Uchinchi raundda esa tashabbus italiyalik sportchi tomonga o‘tdi. Mahmud bu yerda charchab qoldi. Ammo, u dastlabki raundlarda ishlagan ochkolari evaziga yakunda bir ovozdan 29:28, 29:28, 29:28 hisoblarida g‘alaba qozondi va UFCdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda amerikalik taniqli bokschi Floyd Meyvezerning o‘zi Mahmud Murodovni dunyoning eng yaxshi MMA jangchisi degandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr