Mahmud Murodov ertangi jang oldidan tarozidan o‘tdi (video)
Sport
−
21 iyul 2023 7073 1 daqiqa
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov amerikalik tajribali raqibi Brayan Barberenaga qarshi oktagonga chiqishidan oldin vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, har ikkala jangchi ham belgilangan vazn me’yorini bajardi.
Mazkur jang ertaga, 22 iyul kuni Londondagi “O2 Arena”da UFC Fight Night turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Bahs O‘zbekiston vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Murodov faoliyati davomida 33 ta jangda ishtirok etib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u UFC'da 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alabaga erishgan. Brayan Barberena esa MMA'dagi yurishlari davomida 28 ta jangda ishtirok etib, 18 marotaba raqiblaridan ustun kelgan. Mag‘lubiyatlari soni esa 10 tani tashkil etadi. U UFC'da 17 ta jang o‘tkazib, 8 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr