Mahmud Abbos Rossiyaga bordi (video)
Olam
−
12 avgust
8620Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bugun, 12 avgust kuni Moskvaga tashrif buyurdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanovga ko‘ra, ertaga, 13 avgust kuni Abbos Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Falastin Prezidenti Moskvada 14 avgustgacha qoladi.
“Ha, u allaqachon Moskvaga yetib keldi”, degan Bogdanov.
Falastin Prezidentining Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borish rejalari G‘azo sektorida urush boshlanishidan oldin ham ma’lum edi. 2023 yilning noyabr oyida Kreml uchrashuvning keyinga surilishini e’lon qildi. Joriy yilning 19 iyul kuni Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tashrifga tayyorgarlik yakuniy bosqichda ekanini aytdi. Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdel Hafiz Nofalning aytishicha, Vladimir Putin bilan uchrashuvda Falastin-Isroil mojarosi asosiy muhokama mavzusi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan 2023 yilning dekabr oyida telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat davomida Falastin-Isroil mojarosining, ayniqsa G‘azo sektorida misli ko‘rilmagan darajadagi buzg‘unchilikning avj olishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingandi. Suhbat yakunida Putin Falastin Prezidentini Rossiyaga taklif etgandi.
LiveBarchasi