O‘ziga ruxsat tegmagan Mahmud Abbos G‘azoga Guterrish bilan bormoqchi
Olam
−
19 Sentabr
2859Falastin Prezidenti Mahmud Abbos butun Falastin milliy ma’muriyati rahbariyati bilan birgalikda G‘azo sektoriga tashrif buyurish niyatida ekanligini tasdiqladi. Bu haqda u Madridda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz G‘azo G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddus singari Falastin milliy ma’muriyati yurisdiksiyasi ostida ekanligini tasdiqlaymiz. Shu munosabat bilan, avvalroq e’lon qilganimizdek, Falastin milliy ma’muriyati rahbariyati BMT Bosh kotibi va barcha manfaatdor davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar hamrohligida G‘azoga tashrif buyuradi”, degan Abbos.
Qayd etilishicha, Falastin Prezidenti falastinliklarga qarshi tajovuzni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqib ketish, anklav infratuzilmasini tiklash va Isroil ishg‘oliga chek qo‘yadigan to‘liq siyosiy jarayonga o‘tish va uning ustuvorligi saqlanib qolishini ma’lum qilgan.
Shu munosabat bilan, Abbos Falastinning Falastin-Isroil kelishmovchiliklarini hal qilish uchun xalqaro tinchlik konferensiyasini talab qilishda davom etishini ta’kidlagan va bu muzokaralar 1991 yilgi Madrid konferensiyasi namunasida Ispaniya poytaxtida bo‘lib o‘tishiga umid bildirgan.
Ma’lumot uchun, Abbos G‘azoga borish niyati haqida ilk bor 15 avgust kuni Turkiya parlamentining navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilgan. 26 avgust kuni Falastinning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Hofiz Nofal Falastin tomoni ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rishda Rossiyadan yordam so‘raganini ma’lum qilgan. Diplomat keyinroq Falastin Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyasidan ham yordam so‘raganini va bu safarni o‘rganish uchun davlatning o‘zida maxsus komissiya tuzilganini qo‘shimcha qilgan. Nofalga ko‘ra, dunyo G‘azodagi vaziyatni hal qila olmayotgan bir paytda Abbosning tashrifi qon to‘kilishini to‘xtatishga yordam beradigan ushbu masalaning muhim qismi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin milliy ma’muriyati Isroil hukumatiga Falastin rahbari Mahmud Abbosning yaqin orada G‘azo sektoriga tashrif buyurishi so‘rovini yuborgan edi. Biroq Isroil hukumati Mahmud Abbosning G‘azo sektoriga tashrif buyurishiga ruxsat bermay, anklav Isroil tomonidan bosib olinganini bildirdi.
LiveBarchasi