Mahmud Abbos Erdo‘g‘anning huzuriga boradi
Olam
−
18 Sentabr 3454 1 daqiqa
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bugun, 18 sentyabr kuni Anqaraga tashrif buyurib, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralarda Falastindagi so‘nggi vaziyat, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlar hamda ikki davlatli yechim asosida barqaror tinchlikka erishish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Ular muzokara o‘tkazib, kechki ovqatda suhbatlashishi ham mumkin. Tashrif oldindan e’lon qilinmagan.
Qolaversa, tomonlar G‘azo sektoridagi hozirgi vaziyat va Isroilning harakatlarini muhokama qilishi kutilmoqda. Shuningdek, kun tartibida Falastinning manfaatlarini BMT Bosh assambleyasida himoya qilish masalasi ham bor. Abbos va uning delegatsiyasi AQSH viza bermaganligi sababli assambleyaga bora olmaydi. Vashingtonning viza cheklovlari haqidagi qarori 80 nafar Falastin rasmiysiga, jumladan. Falastin Prezidenti Mahmud Abbosga ham ta’sir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara G‘azoda adolat va huquqni himoya qilishda davom etayotganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, Turkiya diplomatik xatlar, telefon muloqotlari, xalqaro aloqalar va gumanitar yordam orqali Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlamoqda. G‘azoga yuborilgan insonparvarlik yordami hajmi 102 ming tonnadan oshgan.
Live
Barchasi