Mahkum qamoqxonada o‘zini o‘ldirishga uringani bo‘yicha tekshiruv boshlandi – BP

Jamiyat

image

Navoiydagi jazoni ijro etish muassasasida mahkum o‘z joniga qasd qilishga uringani bo‘yicha maxsus prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Navoiydagi 36-sonli manzil koloniyasi mas’ullari Jinoyat kodeksining 164 (Bosqinchilik) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazo o‘tayotgan mahkum U.Jonuzoqovda foydalanish taqiqlangan fotosurat va audio yozuvli telefon apparati borligini aniqlagan.

Qayd etilishicha, mahkum U.Jonuzoqov muqaddam 2 marta intizomiy jazoga tortilgani, yangi tartibbuzarlik sodir qilsa, sud orqali yopiq koloniyaga qaytarilishini bilib, xonadagi pichoqni olib, ikkala qo‘l bilaklari va buyin orqa sohasiga kesma va tilinma jarohatlari yetkazgan.

“Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, o‘z yotoq joyiga kiritilganidan so‘ng yonidagi boshqa mahukmlar uni jarohatlarini qo‘l telefoniga rasmga tushirib, uchrashuvga kelgan yaqin qarindoshlariga berib yuborishgan”, deyiladi BP xabarida.

Avvalroq IIV Jazoni ijro etish departamenti holat voqea ishtirokchisi bo‘lgan mahkumlar, xodimlar va guvoh mahkumlarning ko‘rsatmalari asosida o‘rganilganini va Zarafshon shahar sudi mahkum U.Jonuzoqovning o‘talmay qolgan jazosini yopiq turdagi koloniyada o‘tashini belgilaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing