Mahalliy Kengash deputatlari daxlsizligi kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar parlamentning nazorat tahlil faoliyatini takomillashtirish, mahalliy Kengash deputatlarining daxlsizlik kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda Quyi palata axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Senat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining faoliyatiga doir hisobotlarni bevosita yoki videokonferensaloqa shaklida eshitish amaliyoti joriy etiladi.

Loyiha bilan hududiy manfaatlardan kelib chiqib, Senat tomonidan Davlat byudjetining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish tartibi o‘rnatiladi. Shu bilan birga, mahalliy Kengashlar deputatini jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi prokuror taqdimnomasini faqat tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etiladi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari faoliyati samaradorligining oshishiga, Davlat byudjeti mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanishi ustidan ta’sirchan va to‘liq parlament nazoratining amalga oshirilishiga hamda mahalliy Kengash deputatlarining daxlsizlik kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

deputat

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing