Mahalliy qurilish uchun oxirgi 3 oyda qancha trln sarflangani aytildi
Jamiyat
−
25 aprel 2023
3296O‘zbekistonda so‘ngi 3 oyda 27,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 27,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan.
Shuningdek, 2023 yilning mart oyida 1291 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etilgan. Ma’lumot uchun, qurilish korxonalarining eng katta qismi, ya’ni 7017 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20 foizi Toshkent shahrida joylashgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi