Mahalliy hokimliklar zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi

Jamiyat

onu.bsmfo4i7kl-2

Hokimliklar faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaror bilan tasdiqlagan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida keltirib o‘tilgan.

Mahalliy hokimliklar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli barcha hujjatlar tayyorlanadi, qabul qilinadi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam beriladi va avtomatik tarzda e’lon qilishni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib borish tartibi joriy qilinadi.  

Ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasini amalga oshirish muddati 2020 yil fevral bo‘lib, Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Moliya vazirligi (Ishmetov) mas’ul etib tayinlangan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mahalliy hokimliklar axborot texnologiyalari

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing