Mahallabay ishlash tizimi Samarqandda eksperiment qilinadi
Jamiyat
−
08 may 2021
4229O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, joriy yil 1 iyundan Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “mahallabay” ishlash tizimi eksperiment tariqasida o‘tkaziladi.
Bunda:
- Mahallabay ishlash markazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
- tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlari biriktiriladi;
- mahalla fuqarolar yig‘ini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Markazlar faoliyati Pastdarg‘om, Urgut va Bulung‘ur tumanlarida joriy yil 1 iyundan hamda viloyatning qolgan tuman (shahar)larida 1 avgustgacha tashkil etiladi.
Qarorga ko‘ra, aholi va tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va hal etishda shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida Markaz va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini o‘zaro bog‘liq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Onlayn mahalla” dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan mazkur eksperimentni respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan.
LiveBarchasi