Myanmaning sobiq rahbari yana 6 yilga qamaldi

Olam

image

Sud Myanma davlat kengashining sobiq a’zosi Aung San Su Chji to‘rtta korrupsiya ishi bo‘yicha olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. 77 yoshli siyosatchi sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini moliyalashtirgan Do Kxin Chi jamg‘armasi mablag‘larini noto‘g‘ri ishlatganlikda ayblangan.

Su Chji o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan.

Avvalroq sud Demokratiya uchun milliy liga yetakchisini mamlakatdagi davlat to‘ntarishidan keyin unga qo‘yilgan korrupsiya ayblovlarining birinchisi ishi doirasida besh yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Myanmaning fuqarolik hukumati 2021 yil 1 fevralda harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darildi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Aun San Su Chji Myanmada yashovchi 1,4 milliondan ortiq Rohinga musulmonlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga urinish va hatto ularning genotsidida ham ayblangan edi. 

Unga nisbatan bunday ayblovlar bir nechta nufuzli xalqaro huquq tashkilotlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida qo‘yilgan.

Ommaviy qotilliklar ortidan, Aun San Su Chji o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni BMT minbarida nutq so‘zlab, oqlashga uringan.

Ma’lumot uchun, “Siyosiy mahbuslarga yordam uyushmasi”ga ko‘ra, o‘tgan yil fevral oyida boshlangan davlat to‘ntarishi davrida, mamlakat bo‘ylab 10 600 kishi hibsga olinib, namoyishga chiqqanlar orasida 1 303 kishi o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

M'yanma

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing