Myanmadagi vaziyat: namoyishlarda halok bo‘lganlar soni necha kishiga yetdi? 

Olam

image

Myanmada harbiy isyon va qonuniy hukumat a’zolarining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 765 kishiga yetdi. Bu haqda Myanmadagi Siyosiy mahbuslarga yordam assotsiatsiyasi hisobotida aytilgan.  

Hisobotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida harbiylar Osiyo mamlakatining turli shaharlaridagi tinch namoyishlarning yana 6 ishtirokchisini otib o‘ldirgan. 

Shu bilan birga, 3555 aksiya ishtirokchisi hibsda qolmoqda va 1369 kishini hibsga olishga order berilgan. 

Myanmadagi to‘ntarish 

Myanmada joriy yilning 1 fevral kuni armiya Tashqi ishlar vaziri va davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va boshqa yuqori lavozimli amaldorlarni hibsga olib, hokimiyatni egallab olganini e’lon qildi. Hozirda mamlakatda hokimiyat Myanma Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Min Aun Xlaynning qo‘lida. 

Harbiylarning ta’kidlashicha, davlat to‘ntarishi 2020 yil 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda katta miqdordagi firibgarliklar haqidagi da’volarga javobdir. To‘ntarishdan keyin mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. 

Myanmani bir yil davomida harbiy xunta boshqaradi. Mamlakatdagi harbiy to‘ntarish oqibatida 24 vazir va ularning o‘rinbosarlari o‘z lavozimlaridan mahrum bo‘ldi. Keyinchalik, 1 aprel kuni harbiy xunta bir oylik sulh e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

M'yanma

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing