Myanmadagi havo hujumida 100 ga yaqin odam halok bo‘lgani aytilmoqda

Olam

image

Kecha, 11 aprel kuni Myanmaning Sagaing viloyati Kanbula qishlog‘idagi isyonchilar bazasiga havo hujumi uyushtirildi. Hujumda 100 ga yaqin odamlar, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi. 

“11 aprel kuni kechqurun harbiy hokimiyat vakilining aytishicha, zarba xalq militsiyasining vakolatxonasi ochilish marosimida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas, faqatgina qurbonlar orasida formadagi jangchilar va fuqarolik kiyimidagi shaxslar ham bor”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, internetda vayron bo‘lgan binolar o‘rtasida yotgan jasadlar aks etgan videolar e’lon qilingan. G‘arb ommaviy axborot vositalari bu materiallarning haqiqiyligini hali ham tasdiqlay olmadi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Myanmadagi havo hujumini qoralab, mamlakat harbiy ma’muriyatini o‘z xalqiga qarshi zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham harbiy xuntaning harakatlarini keskin qoralagan.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

M'yanma haqo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing