“Lyubaya biznes xorosha” va yana 2 ta MCHJ mansabdorlariga jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
02 iyun 2021
10461“Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi (JKning 179, 184, 189-moddalar) yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil Adliya vaziri Ruslanbek Davletov OAV vakillari va blogerlar bilan uchrashib, 2019 yilda “Lyubaya biznes xorosha” MCHJ ro‘yxatga olinganini aytib o‘tgandi. Ushbu MCHJ 3 mlrd so‘m ustav fondi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.
LiveBarchasi