“Lukoyl” rasmiy bayonot berdi. “Qo‘ylar podasi” deb haqorat qilgan Shilovga qanday jazo tayinlanadi?
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
19570“LUKOYL” Uzbekistan Operating Co. nihoyat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Bayonnomaga ko‘ra, “Jarquduq” majmuasida mahalliy elektromantyorlar tomonidan texnik qoidalarga rioya qilinmagani sabab, jiddiy xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Ushbu xatolik butun bir jamoani hayotiga xavf solishi va qimmatli uskunani nosoz ahvolga keltirishi mumkin bo‘lgan. Mazkur nosoz holat bosh energetik I.A.Shilov tomonidan aniqlangan va uskuna sozlangunga qadar ish to‘xtatib turilgan. Ushbu hodisa oqibatida I.A.Shilov mahalliy jamoa vakillariga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgan. So‘ng, I.A.Shilov “LUKOYL” MCHJ (Moskva) tomonidan kasbiy etika bo‘yicha majlisga chaqirilgan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, voqea hodisa aybdorlariga tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, bayonotda kompaniyaning eng qimmatli boyligi insonlar ekanligi keltirilgan.
Jumladan unda “Internet tarmog‘iga joylashtirilgan joriy yilning 29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “Jarquduq” gaz tayyorlash majmuasida ro‘y bergan holat aks etgan videomaterial bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari olib borilib, 110 ming volt yuqori kuchlanishli “Jarquduq” podstansiyasida elektromonterlar brigadasi tomonidan olib borilayotgan ishlar chog‘ida uchastka boshlig‘i rahbarligida brigadaning o‘limi, qimmatbaho uskuna va butun ob’ektning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnika xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi. Bu bosh energetik I.A.Shilov tomonidan aniqlanib, shundan so‘ng podstansiyadagi ishlar tasdiqlangan qoidalarga muvofiq holatga keltirilgunga qadar vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.
Yo‘riqnomaga amal qilmaslik oqibatida o‘z qo‘l ostidagi ishchilarining hayotiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan fojiali oqibatlarni anglagan holda I.A.Shilov ahloq-odob me’rlaridan chetga chiqib, mahalliy va xizmat safaridagi ishchilar sha’niga qupol so‘zlarni aytgan. Hozirgi vaqtda kompaniyada ichki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan I.A.Shilov “LUKOYL” OAJ (Moskva)ning Ishbilarmonlik etikasi bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishiga chaqirtirilgan. Tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur holatning barcha ishtirokchilariga nisbatan aybdorlik darajasini hisobga olgan holda va korporativ talablarga muvofiq ma’muriy jarima choralari qo‘llaniladi. Ishchi-xodimlar va aholi xavfsizligi, sog‘ligini ta’minlash bo‘yicha jamiyat oldidagi mas’uliyat darajasini anglagan holda “LUKOYL” o‘z ish faoliyatida sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi yuqori standartlarga amal qiladi, belgilangan qoidalarga rioya qilinishi ustidan jiddiy nazorat o‘rnatgan. Zero, insonlar “LUKOYL”ning bebaho qadriyatidi”.
Eslatb o‘tamiz, “LUKOYL” mansabdori ishchilardan biri qo‘llanmaga nomuvofiq ishlagani uchun uni "qo‘ylar podasi" deb haqorat qilgan. Ishchilarni so‘kib, haqorat qilgan mansabdor “LUKOYL” Uzbekistan Operating Co. bosh energetigi Ivan Aleksandrovich Shilov bo‘lgan.
LiveBarchasi