Lunin YeCHL finalida klubiga yordam bermasligi mumkin

Sport

image

“Real“ klubining ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin “Borussiya Dortmund”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin.  Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Lunin 27 may kuni isitmalagani oqibatida klub mashg‘ulotlariga kelmagan.

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so‘zlariga ko‘ra, Lunin Londonda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasigacha tiklanishi mumkin, biroq ukrainalik posbon o‘yinda zaxirada qoladi va Tibo Kurtua asosiy tarkibda maydonga tushadi.

32 yoshli Kurtua 2023/24 yilgi mavsumda La Ligada bor yo‘g‘i 4 ta o‘yin o‘tkazdi, chunki u jarohatidan so‘ng 30 aprelga kelib safga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Andrey Lunin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made