Lukashenkoning tanqididan so‘ng Qozog‘iston TIV Belarus elchisini chaqirtirdi

Olam

image

Belarusning Qozog‘istondagi elchisi Pavel Utyupin Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu elchi bilan uchrashdi va unga Belarus mamlakatning “joriy jarayonlar bo‘yicha” pozitsiyasini xolisona baholashi kerakligini aytdi.

Bildirilishicha, Qozog‘iston BMT Nizomi va xalqaro huquqning asosiy me’yorlariga muvofiq muvozanatli va tinchliksevar tashqi siyosat yuritadi. Ostona davlatlar o‘rtasidagi barcha kelishmovchiliklarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarurligiga qat’iy ishonadi.

“Hozirgi geosiyosiy vaziyatda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan mamlakatimizning tashqi siyosiy yo‘nalishi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan vazir Belarus tomonini hozirgi jarayonlarga nisbatan Ostona pozitsiyasini xolisona baholashga chaqirdi”, deyiladi TIV bayonotida.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston G‘arb tomonidan Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritilgach, cheklovlar rejimiga amal qila boshladi. Masalan, o‘tgan bahordan boshlab Qozog‘iston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qilishda tovarlarga qo‘shimcha schyot-fakturalar berishni talab qilmoqda.

Shu bilan birga, Ostona sanksiyalar Qozog‘iston kompaniyalariga zarar yetkazsa, ularni qo‘llab bo‘lmasligini ta’kidladi. Masalan, respublika Rossiyaga ikki tomonlama sharikli podshipniklarni sotishni to‘xtatgani yo‘q – Qozog‘iston zavodi ularni an’anaviy ravishda qo‘llaniladigan texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda ayblagan edi. Armaniston poytaxti Yerevanda esa muxolifatdagi “Respublika” partiyasi vakillari Belarus elchixonasi oldida norozilik namoyishi uyushtirib, diplomatik missiya eshigiga tuxum, kartoshka va pomidor uloqtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing