Lukashenkoga bosim o‘tkazishda davom etish kerak – Makron 

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Polsha-Belarus chegarasida muhojirlar oqimidan foydalanishga chek qo‘yish uchun Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga bosim o‘tkazishni davom ettirish zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda Yelisey saroyi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Makron kecha, 18 noyabr kuni Polsha Prezidenti Anjey Duda va Respublika Bosh vaziri Mateush Moravetski bilan telefon orqali muloqot qilgan. Tomonlar Polsha-Belarus chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan. 

“Respublika Prezidenti ko‘pchilikni xavf ostiga qo‘yayotgan ushbu vositalashtirishga chek qo‘yish uchun Yevropaning Aleksandr Lukashenkoga bosim o‘tkazishda davom etishi zarurligini tasdiqladi. U Yevropani migrantlarning kelib chiqish mamlakatlari va tranzit, shuningdek aviakompaniyalar bilan hamkorlikni davom ettirishga chaqiradi”, deyiladi Yelisey saroyi xabarida. 

Qayd etilishicha, Makron chegarada bo‘lganlarga gumanitar yordam ko‘rsatish zarurligini tasdiqlagan. 

Oxirgi bir necha hafta ichida Belarus va Polsha chegarasida bir necha ming muhojir to‘planib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishga umid qilmoqda. Polsha hukumati chegara xavfsizligini kuchaytirdi, harbiylarni jalb qildi va noqonuniy muhojirlarning mamlakatga kirishga urinishlariga barham berdi, shuningdek migratsiya inqirozida Minskni aybladi. Belarus bu ayblovlarning barchasini rad etib, Polsha muhojirlarni majburan chiqarib yuborayotganini da’vo qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko Makron

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing