Lukashenko zudlik bilan oilasini Turkiyaga olib ketdi – OAV

Olam

image

23 iyundan 24 iyunga o‘tar kechasi Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoga tegishli bo‘lgan samolyot Turkiyaning Bodrum shahriga uchdi. Bu haqda “Glavred.Info” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, Aleksandr Lukashenkoga tegishli bo‘lgan EW-301PJ davlat samolyoti tungi soat 00:01 da Minskdan havoga ko‘tarilib, ertalab soat 05:15 da Bodrum ayeroportiga qo‘ngan.

"Ayni paytda Lukashenkoning samolyoti Turkiyaga yetib keldi. Belarus hukumatining EW-301PJ samolyoti Minskdan yarim tunda havoga ko‘tarilib, ertalab soat 5 da Bodrumga qo‘ndi. Bu samolyotdan Belarus rahbarining oilasi foydalanmoqda", deb yozgan Ukrainalik jurnalist Andrey Sapliyenko o‘zining Telegram-kanalida.

Manbaga ko‘ra, Lukashenkoning bu qarori katta ehtimol bilan Rossiyadagi harbiy to‘ntarish bilan bog‘liq.

Avvalroq, Vladimir Putin bugun, 24 iyun kuni Aleksandr Lukashenko bilan mamlakatdagi vaziyat yuzasidan telefon orqali muloqot qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing