Lukashenko Zelenskiy bilan urushni tugatishni muhokama qilmoqchi

Olam

image

Belerus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, urushni tugatish bo‘yicha barcha masalalarni muhokama qilishga tayyor. Bu haqda kecha, 26 sentyabr kuni Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng, jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Belarus vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha “stolda yaxshi taklif bor”. 

“Agar kelisha olmasak, hammaga yomon bo‘ladi”, degan Lukashenko. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat rahbarlari hammasini kelishib olishi kerak. 

“Zelenskiy bilan gaplashadigan gapim bor. O‘ylaymanki, endi maslahatlashish vaqti keldi. Urushning boshida men uch slavyan davlati rahbarlari o‘tiramiz va kelishib olamiz, degan edim. Bu noaniq urushni yakunlash haqida kelishib olish lozim”, degan Aleksandr Lukashenko. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina masalasida yaxshi taklif bor va bu taklif Alyaskada AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan eshitilgan hamda Vashingtonga “o‘ylash va muhokama qilish” uchun olib ketilgan. 

Lukashenkoning fikricha, bu taklif Ukraina uchun foydali shartlarni o‘z ichiga olgan va amerikaliklar tomonidan ma’qullangan. Vashington hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin belaruslik Aleksandr Lukashenko bilan Valaamdagi uchrashuv chog‘ida Kiyev hozir muzokaralar uchun vaqt emas, deb hisoblayotgan bo‘lsa, Moskva kutishga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing