Lukashenko yadroviy quroldan ham xavfliroq qurolni ochiqladi
Olam
−
19 mart 2022
28540Kiberqurollar insoniyat uchun yadroviy quroldan ham xavfliroq. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ta’kidladi.
“Kelajakdagi xavf yadro qurolida emas, yadroviy quroldan ham xavfliroq narsalar mavjud. Bular biologik qurollar va kiberqurollar. Bu ancha xavfliroq”, degan Lukashenko,
Uning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat hali bu xavfni, xususan, kiberqurolni anglab yetmagan.
“Biz hammamiz yadro quroli oldida titraymiz, lekin kiberqurol bundan ham dahshatliroq”, deydi u.
Lukashenkoning tushuntirishicha, bunday qurollarni aniqlash qiyin, fuqarolar hali kiberjinoyatlar va kiberqurollardan qo‘rqishga tayyor emas.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga hujumining ilk kunlarida “Anonymous” xalqaro xakerlar tarmog‘i Rossiyaga kiberhujumlar uyushtirgandi.
LiveBarchasi