Lukashenko sobiq prezidentga tahdid qilganlarga jinoiy jazo joriy etishni taklif qildi

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko sobiq prezidentga nisbatan tahdid va haqorat uchun jinoiy jazo joriy etishni taklif qildi. Tegishli qonun loyihasi maxsus portalda e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga mamlakatning amaldagi yoki sobiq prezidentiga qarshi tahdidlar va zo‘ravonlik to‘g‘risida qo‘shimcha modda kiritish taklif etilgan. Jazo uch yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida taqdim etilgan. Jazo, qachonki, Belarus Prezidentiga nisbatan zo‘ravonlik yoki tahdid, mulkni yo‘q qilish yoki shikastlash holatlari sodir bo‘lganda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, qonun loyihasida Respublika Prezidentining oilasiga qarshi tahdidlar uchun  ham jazo nazarda tutilgan.

Shuningdek, hujjatda Prezidentga tuhmat qilish va Belarus Prezidentini haqorat qilish to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish kiritish ham nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun, avgust oyi boshida Lukashenko jinoyat kodeksiga yana bir qator o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilib, loyihani parlamentga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisi boshqa odam prezident bo‘lishiga tayyor turishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko jazo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made