Lukashenko rossiyalik og‘asiga qo‘ng‘iroq qilib, hisob berdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali suhbatlashdi. 

Suhbat chog‘ida ular 9 avgustdagi prezident saylovlaridan keyin ommaviy noroziliklar boshlangan Belarusdagi siyosiy vaziyatni muhokama qilishgan. Lukashenka mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot bergan.  Bundan tashqari, prezidentlar koronavirusga qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan

Muloqot davomida ikki mamlakat rahbarlari Belarus fuqarolarining Rossiyada ishlab chiqilgan yangi turdagi koronavirus vaksinasi sinovlarining uchinchi bosqichida ixtiyoriy ravishda qatnashishi to‘g‘risida kelishib oldilar. 

Ma’lumotga ko‘ra, Belarus Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani birinchilardan bo‘lib xarid qilishi qayd etilgan. 

Bu so‘nggi ikki hafta ichida Putin va Lukashenko o‘rtasidagi to‘rtinchi telefon suhbati. Oxirgi suhbat 18 avgustda bo‘lib o‘tgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

509

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing