Lukashenko Raisiyning o‘limida AQSHni aybladi

Olam

image

Ibrohim Raisiyning o‘limida AQSH aybdor. Chunki Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi sanksiyalar siyosati Raisiyning vertolyotiga xizmat ko‘rsatishni taqiqlagan. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kecha, 24 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. 

“Prezident sifatida emas, shaxs sifatida shuni aytamanki, Qo‘shma Shtatlarning qabih, jirkanch pozitsiyasi bunga olib keldi. Men birinchi navbatda sanksiyalarni nazarda tutyapman. Bu yaramaslar odamlarni tashiydigan kemalar, samolyotlar, vertolyotlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga haqlari yo‘q edi”, deydi Lukashenko.

Uning qayd etishicha, Vashington o‘z kompaniyalariga sanksiyalar ostidagi mamlakatlarning texnikalariga xizmat ko‘rsatishni taqiqlab qo‘ygan. 

“Bu ham ularning aybi”, deb hisoblaydi Belarus fuqarosi. 

Lukashenko AQSH uning samolyotiga ham sanksiyalar kiritganini eslatdi.  

“Ularning hammasi imonlilardir. Xo‘sh, agar ular dindor bo‘lsalar, kutishsin. Xudo ularga javob yuboradi. Men tasavvufchi emasman, lekin vaqti keladi, buning uchun hammasi javob beradi, to‘liq javob beradilar, u yerda okean orqasiga yashirinmaydilar”, deydi Lukashenko.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Raisiy oddiy, mehribon inson bo‘lib, ochiq, halol muloqot o‘tkazgan, o‘z davlatini rivojlantirish va o‘z xalqi manfaatlarini himoya qilish haqida qayg‘urgan.  

“Menimcha, Eron u yerda nima bo‘lganini aniqlay oladigan davlat”, deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Raisiy va AQSH vertolyoti

Ekspertlarning fikricha, Eron Prezidenti uchgan va halokatga uchragan Bell-212 ishonchli, ammo eski vertolyot bo‘lgan. Uning qiyin ob-havo sharoitida to‘siqlarni aniqlay oladigan radari ham bo‘lmagan. Agar vertolyotda shunday radar bo‘lsa, u to‘siqni ko‘rib, uning atrofidan uchib o‘tardi. 

Yana shubhali tomoni shundaki, Prezident Raisiy odatda Rossiyaning Mi-171 vertolyotida uchgan (Mi-8 ning yangi dvigatellar va elektron jihozlar bilan modifikatsiyasi). Nega bu safar Bell-212 da safarga chiqqani sabablari noma’lum. 

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan uchuvchi Vadim Bazikinning fikricha, Bell-212 eski, ammo ishonchli vertolyot bo‘lib, u har qanday ob-havoda ucha oladi.

“Bunday vertolyotlarni oliy mansabdor shaxslarni tashish uchun olishga kim qaror qilganini bilmayman, lekin Prezident har doim birinchi toifali ehtiyot qismlar bilan uchadi, kapital ta’mirdan keyin uning dvigatellari yo‘q. Hamma narsa yangi o‘rnatilishi kerak. Eron uzoq vaqtdan beri sanksiyalarga dosh berishni va hamma narsani ishonchli bajarishni o‘rgangan, uchuvchilarimiz Eronda ishlagan, u yerda aviatsiya xavfsizligi tizimi a’lo darajada”,  deydi Vadim Bazikin.

Bazikinning fikricha, Eron Prezidenti vertolyotining halokatiga inson omili, uchuvchi xatosi sabab bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot har qanday ob-havoda aeroportga qo‘na oladi va uchuvchi juda yuqori malakaga ega bo‘lishi shart emas, chunki bu holatda avtomatlashtirish ishlaydi.

1979 yil boshida Islom inqilobidan oldin bir necha o‘nlab Bell 206, 212 va 214 modelidagi vertolyotlarning eng yirik mijozlaridan biri Eron bo‘lgan. Eronga yetkazib berilgan Bell-212 vertolyotlarining bir qismi Italiyaning Agusta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Eronda esa 1979 yildan keyin ishlab chiqarilgan Amerika vertolyotlari yo‘qligi aytiladi. Shundan kelib chiqilsa, mamlakatning eng martabali shaxsi 45 yillik vertolyotga o‘tirgan yo o‘tkazilgan. 45 yil esa vertolyotlar xavfsizligi uchun uzoq muddat. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Aleksandr Lukashenko Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing