Lukashenko Putinning eng yoqimsiz jihati haqida gapirdi

Olam

image

Avvalroq, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlaridagi ziddiyatli holatlar haqida gapirgani xabar qilingandi.

Suhbat davomida Lukashenko Putinning eng asosiy va unga yoqmaydigan jihatini ham aytib o‘tdi. 

“O‘ziga xos inson, boshqalarga o‘xshamaydi... Menga uning asosiy belgisi – hech kimga ishonmasligi yoqmaydi. Ammo bu siyosatchi uchun super”, deydi Lukashenko.

Belarus rahbari shuningdek, Germaniya kansleri Angela Merkel va Putinning muzokaralari yuzasidan fikr bildirdi. U Merkelni bo‘riga o‘xshatgan.

“Unda (Putinda) odamni charchatmaydigan nimadir bor. Bilasizmi, muzokaralarda Angela Merkeldan charchash mumkin. Men ular qanday muzokara olib borganini ko‘rib, undan (Merkeldan) zerikib qolganman. Ammo u urg‘ochi bo‘ri. Judayam tirishqoq, mehnatsevar. Sutkalab, axir sutkalar uni deb o‘tirib qolgan”, deydi Lukashenko.

Belarus yetakchisi Merkelning muzokaralarda zerikarli shaxs ekanini bot-bot takrorlagan. Shu bilan birga Putin muzokaralarda zerikarli emasligini, u aniq masalaga e’tibor qaratishini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

879

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing