Lukashenko Putindan harbiy mashg‘ulot o‘tkazishni iltimos qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sank-Peterburgda o‘tgan Belarus rahbari bilan uchrashuv chog‘ida, 2022 yil fevral-mart oylarida Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan.

“Siz taklif qilganingizdek, biz ularni (mashqlar) o‘tkazamiz, harbiylar u yerda kelishib olishadi –ular qachon o‘tkazishni qaror qilishlarini bilmayman, mart yoki fevralda bo‘lishi mumkin”, degan Rossiya rahbari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga izoh berarkan.

Uchrashuv chog‘ida Lukashenko Putindan mudofaa sohasi va harbiy sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishda hamkorlikni to‘xtatmaslikni so‘ragan. 

“Men sizdan, hamkorlikni to‘xtatmaslikni so‘rayman. Biz yigitlarimizni tayyorlaydigan markazlarni ochishda davom etishimiz va asosiysi ularga Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi qurol-yarog‘lardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishimiz kerak”, deya ta’kidlagan o‘z nutqida Belarus rahbari.

Bundan tashqari, Lukashenko ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, Belarus hududida o‘tkazilishi haqidagi masala ko‘rib chiqalayotganini ma’lum qilgan. 

“Men bu qarorlarni siz qabul qilishingizni istardim. Bu Belarus-Rossiya munosabatlari foydasiga xizmat qiladi albatta”, deya hitob qilgan u Putinga.

 

Behruz Saidov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing