Lukashenko Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yetib bordi
Olam
−
17 fevral 2023
4706Bugun, 17 fevral kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga yetib bordi. Bu haqda “BelTA” agentligi xabar berdi.
Kremlga ko‘ra, uchrashuvda Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek, Ittifoq davlati doirasida integratsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy masalalari ko‘rib chiqiladi.
Bir kun avval, 16 fevral kuni jurnalistlarga bergan intervyusida Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi bilan bo‘lajak uchrashuvning ayrim tafsilotlarini ma’lum qilgandi.
“Biz xavfsizlik va mudofaa masalalarini muhokama qilamiz. Lekin asosiysi Oliy Davlat Kengashi oldidagi iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalardir”, deydi Lukashenko.
Shuningdek, ular Belarus va Rossiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Ittifoq doirasidagi keyingi harakatlar haqida ham gaplashadi.