Lukashenko prezidentlikdan ketishini tan oldi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining davlat rahbari sifatidagi faoliyati haqida fikr bildirib, ertami-kechmi ushbu lavozimni tark etishi kerakligini to‘g‘ri qabul qilishini ta’kidlagan. Bu haqda “BelTA” xabar bermoqda. 

“Men, ehtimol, dam olarman. Agar kerak bo‘lsa, men ushbu yurt yerining bir qismini bolalar uchun saqlab qolishga yordam beraman. Yangi avlod keladi, yaqin kelajakda ular mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishi kerak”, degan Lukashenko. 

Avvalroq, Lukashenko uning Prezidentligi masalasi faqatgina saylovlarda hal qilinishi mumkinligini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda ketma-ket beshinchi oy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ular Respublika Markaziy saylov komissiyasi Aleksandr Lukashenkoni 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb e’lon qilganidan keyin boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko

Baholaganlar

580

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing