Lukashenko kuch ishlatar tuzilmalar vakolatini kengaytirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download
Agar Lukashenko suiqasd qurboni bo‘lsa, vakolatlar to‘ng‘ich o‘g‘liga o‘tadimi? north_east

Agar Lukashenko suiqasd qurboni bo‘lsa, vakolatlar to‘ng‘ich o‘g‘liga o‘tadimi?

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlovchi ichki ishlar organlari va boshqa bir qator kuch tuzilmalarining vazifalari to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hujjatni imzoladi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kiritilgan o‘zgartirishlar jismoniy kuch, maxsus vositalar, qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikadan foydalanish shartlari va chegaralarini belgilab beradi. 

Hujjatga ko‘ra, ichki ishlar organlariga tartibsizliklarni bostirishda harbiy va maxsus texnikadan foydalanish vakolati berilgan. Shu bilan birga, ushbu organlar norozilik harakatlarini bostirishda yuqoridagi vakolatlardan qonun hujjatlari talablariga muvofiq foydalansa, ularni qo‘llash oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Ichki ishlar organlari xodimlariga protsessual jarayonlarni yuritish, jamoat tartibini, shaxsiy va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolarning videoga hamda suratga olishini taqiqlash huquqi beriladi.

Shuningdek, ularga xizmat paytida atrof-muhitni, shu jumladan fuqarolarni videoga olishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, fuqarolarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ular bilan birga bo‘lgan narsalarni va transport vositalarini tekshirish shartlari belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgustida Belarusda norozilik namoyishlari boshlanib 5-6 oydan oshiq kuchli darajada davom etdi. Norozilik harakatlarining boshlanishiga esa Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi va bundan norozi bo‘lgan muxolifatning xalqni mitinglarga chaqirishi sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing