Agar Lukashenko suiqasd qurboni bo‘lsa, vakolatlar to‘ng‘ich o‘g‘liga o‘tadimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Suverenitet va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unda davlat rahbari vafot etgan taqdirda Prezident vakolatlari Xavfsizlik kengashiga o‘tishi nazarda tutilgan. Bu haqda bugun, 9 may kuni mamlakat Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor ushbu Xavfsizlik kengashining a’zosi hisoblanadi. 

“Hujjatda davlat rahbari suiqasd, terrorizm, tashqi tajovuz yoki boshqa zo‘ravonlik harakatlari oqibatida vafot etgan taqdirda barcha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari Xavfsizlik kengashi qarorlariga muvofiq harakat qilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu kengashga Bosh vazir raislik qiladi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Foto: Lukashenko va o‘g‘illari. Chapdan birinchisi Viktor Lukashenko

Qayd etilishicha, agar mamlakat Prezidenti yuqorida aytilgan holatlar oqibatida vafot etsa, mamlakat hududida zudlik bilan favqulodda holat yoki harbiy holat joriy etiladi va Xavfsizlik kengashi ushbu vaziyatni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatini belgilaydi. 

“Xavfsizlik kengashining qarorlari har kim uchun majburiydir va so‘zsiz ijro etilishi shart”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Belarus rahbari Lukashenko 24 aprel kuni “kutilmaganda” o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda, hukumat Xavfsizlik kengashiga o‘tishini ma’lum qilib, bu to‘g‘risida farmon tayyorlashni buyurgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Lukashenko va farzandlariga nisbatan suiqasd tayyorlagan guruh qo‘lga olingani xabar qilingandi. Prezident bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSH maxsus kuchlarini ayblagan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakat parlamentiga yo‘llagan an’anaviy murojaatida Lukashenkoning hayotiga uyushtirilgan suiqasdni “g‘azablantiradigan holat”, deb atagandi. Shuningdek, u ushbu voqeaga dunyoda hech kim reaksiya ko‘rsatmaganiga e’tibor qaratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing