Lukashenko iqtidorda ekan, biz Belarusga bormaymiz – Pashinyan 

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Aleksandr Lukashenko davrida u ham, mamlakatning boshqa rasmiylari ham Belarusga bormasligini aytdi. Bu haqda u bugun, 13 iyun kuni parlamentdagi chiqishi chog‘ida so‘z ochdi.

“KXSHT yetakchilaridan biri 44 kunlik urushni tayyorlashda ishtirok etganini, Ozarbayjonga g‘alaba qozonishini rag‘batlantirganini, ishonganini va tilaganini aytyapti. Va shundan keyin men Belarus prezidenti bilan KXSHT formatida masalani muhokama qilish uchun boramanmi? Qadr-qimmat, insof haqida gapirmayapsizmi? Men Aleksandr Lukashenko prezident ekan, Belarusga boshqa hech qachon tashrif buyurmasligimni aytmoqchiman. Umuman olganda, Armanistonning birorta ham rasmiy vakili Belarusga tashrif buyurmaydi”, deydi u parlamentda so‘zlagan nutqida.

Lukashenko 15-17 may kunlari Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan bo‘lgan va bu safar davomida Qorabog‘da bo‘lgan edi. U, xususan, Minsk va Baku “dunyo va uning qayerga ko‘chib ketayotgani haqida bir xil tushunchaga ega” ekanini ta’kidladi hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga Qorabog‘ni urushdan keyin tiklashda yordam berishni taklif qilgandi.

“Yana o‘ylanib qoldim, urushdan oldingi, sizning ozodlik urushingizdan oldingi suhbatimizni, kechki ovqatda birga falsafiy suhbatlashganimizni esladim. O‘shanda biz urushda g‘alaba qozonish mumkin degan xulosaga keldik. Bu muhim. Bu g‘alabani saqlab qolish juda muhim”, degandi Lukashenko Aliyev bilan suhbatda.

Shundan so‘ng, may oyida Pashinyan Ozarbayjonning Qorabog‘dagi urushga tayyorgarliklarida KXSHTga a’zo ikki davlat ishtirok etganini aytgan.

"Bizning ittifoqchilarimiz 44 kunlik urushga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgan. Men bizga qarshi urush tayyorlashda qatnashgan kamida ikkita KXSHTga a’zo davlatni bilaman", degan Pashinyan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing