Lukashenko dronlarni saqlash va uchirishni taqiqladi
Olam
−
26 Sentabr 2023
3805Belarus fuqarolariga mamlakatga dron olib kirish, saqlash, sotish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlandi. Ushbu tartib Aleksandr Lukashenkoning “Fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi farmoni orqali joriy qilindi.
Unga ko‘ra, fuqarolik dronlaridan foydalanishga har qanday holatda faqat tashkilotlar va yuridik shaxslarning “tadbirkorlik va kasbiy faoliyati” uchun ruxsat etiladi. Buning uchun ular Belarus Transport vazirligining Aviatsiya boshqarmasidan ruxsat olishi kerak.
Qayd etilishicha, qoida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Farmonda uchuvchisiz samolyotlarning davlat hisobini yuritish tizimini yaratish nazarda tutilgan.
Belarus aholisiga o‘zlariga tegishli bo‘lgan dronlarni tashkilotlarga sotishi yoki ularni “hukumat tomonidan belgilangan vakolatli tashkilot”ga saqlash uchun topshirishga olti oy vaqt berilgan.
LiveBarchasi