Lukashenko bolalarga Prezident bo‘lish sirlarini o‘rgatdi

Olam

image

Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko qanday qilib Prezident bo‘lish mumkinligi haqida bolalarga maslahat berdi. U bu haqda yangi rasmiy veb-saytida yozib qoldirgan. 

"Davlat rahbari bo‘lish uchun siz ko‘p narsani o‘rganishingiz, keng dunyoqarashga ega bo‘lishingiz, o‘z mamlakatingizni sevishingiz va uni yaxshilashga intilishingiz kerak", deyilgan manbada. 

Qayd etilishicha, mamlakat Prezidenti ko‘plab vakolatlarga ega bo‘ladi, davlat rahbarining ishi "o‘ta mas’uliyatli va og‘ir kundalik vazifadir". 

Ushbu maslahatlardan tashqari, sahifada Belarus Prezidentining huquqlari va majburiyatlari ro‘yxati, shuningdek, ushbu lavozimga nomzod ko‘rsatish shartlari keltirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 11-12 fevral kunlari oltinchi marotaba Butunbelarus xalq yig‘ilishi o‘tkaziladi. 

Yig‘ilish ilk bor 1996 yilning oktyabr oyida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumdan oldin o‘tkazilgan. O‘shandan beri bunday uchrashuvlar har 5 yilda bir marta o‘tkazilib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini tasdiqlaydi. 

Bunday uchrashuvlar 2001, 2006 va 2010 yillarda Prezident saylovlaridan biroz oldin o‘tkazilgan. Beshinchi Butunbelarus xalq yig‘ilishi 2016 yilning yozida Prezidentlik saylovlaridan so‘ng bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing