Lukashenko: “Biz katta akamiz bilan yaqinroq bo‘lishimiz kerak”

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya bilan yaqin hamkorlik qilish muhimligini ta’kidlamoqda, xususan, iqtisodiy sohada. Bu haqda Belarus rahbari Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar berdi “Belta”.

“Iqtisodiyot hamma narsaning markazida turadi. Ishoning, biz har doim ushbu yo‘nalishda qat’iy turganmiz. Amm bu voqealari shuni ko‘rsatdiki, biz katta akamiz bilan yaqinroq bo‘lishimiz va barcha masalalarda, shu jumladan iqtisodiyotda ham hamkorlik qilishimiz kerak”, degan Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 10 mln odam u yoki bu tomondan Belarus kooperatsiyalariga aloqador korxonalarda ishlaydi.

“Agar oilada o‘rtacha 4 kishi bo‘lsa, unda 40 mln rus. Ya’ni, hamkorlik juda yaqin. Siz mutlaqo haqsiz. Biz bu yo‘nalishda hammasini qilamiz. Bizning butun mamlakatimiz aslida xomashyo, butlovchi buyum va materillar hamkorlikka (Rossiya bilan) bog‘liq. Men hali bozorlar haqida gapirmadim. Asosiy bozor – mahsulotlarimizning 48 foizini Rossiya Federatsiyasiga yetkazib beramiz”, degan Lukashenko.

Aleksandr Lukashenok Belarusda prezidentlik saylovilari o‘tkazilishidan avval ham Vladimir Putin bilan iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha faol shug‘ullanishi haqida kelishib olganini esladi.

Avvalroq, Belarus Rossiyaga 1,5 mlrd dollar miqdorida qarz ajratishi haqida xabar bergan edik. Vladimir Putin bu pullar Belarus moliya bozoriga ijobiy ta’sir qilishiga umid bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing