Lukashenko Belarusni yadroviy davlat deb e’lon qildi
Olam
−
09 noyabr 2020
105487 noyabr kuni Belarusning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko respublikadagi birinchi atom elektr stansiyasining ochilish marosimida qatnashib, mamlakatni yadroviy davlat deb e’lon qildi. Bu haqda “Belta” xabar beradi.
Atom elektr stansiyasining ochilish marosimiga Lukashenko vertolyotda uchib keldi. Xabarda aytilishicha, u birinchi energiya bloki binosiga tashrif buyurgan va uning elektr quvvatini 400 megavattgacha oshirish uchun ruxsat bergan.
“Hammasi juda oddiy, xuddi metro qurgandek. Tarixiy lahza – mamlakat yadroviy “derjava”ga aylanyapti”, degan Lukashenko ochilish marosimida.
Belarus Energetika vaziri Viktor Karankevichning so‘zlariga ko‘ra, BelAES yiliga 18 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqaradi. Bu mamlakatga gaz sotib olish uchun mablag‘larni tejashga yordam beradi. Shuningdek, atrof-muhitga issiqxona gazlari chiqishini ham kamaytiradi.
Qurilish boshlanishida elektr energiya Boltiqbo‘yi davlatlariga ham yetkazib berilishi taxmin qilingandi.Biroq sentyabr oyida Estoniya, Latviya va Litva BelAesdan elektr energiya kirishini bloklashini ma’lum qildi. Bunga ob’ektni qurish vaqtida xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Farruxjon Murodqulov
LiveBarchasi