Lukashenko Belarus Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazganini aytdi
Olam
−
07 aprel 2022
8757Belarus Ukrainada urush boshlangach, mamlakatdagi fuqarolarini qutqarish uchun maxsus operatsiya o‘tkazgan. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
“Shu darajaga yetdiki, bu yaramaslar u yerdagi odamlarimizni, birinchi navbatda, mashina haydovchilarini tutib ola boshladi. Ular bizning bir yarim ming vagonimizni hibsga olishdi, mashinalarimizni va menimcha, bu vagonlarni boshqargan yuzga yaqin yigitlarimizni qo‘lga olishdi. Men ukrainaliklarni bu odamlarni ozod qilish uchun operatsiya o‘tkazishga majbur bo‘lishimiz haqida ogohlantirdim. Biz shunday maxsus operatsiya o‘tkazdik va barcha fuqarolarimizni ozod qildik”, degan Lukashenko.
Lukashenko tafsilotlarga to‘xtalmadi, ammo Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Ivan Tertelga ushbu operatsiyada ishtirok etganlarning barchasini davlat mukofotlari uchun taqdim etishni buyurdi.
“Ajoyib o‘tkazildi, hatto siz sezmagansiz. Qayerdadir bir, ikki, uch, besh kishi qolgan bo‘lsa, qattiq shart qo‘yishimiz kerak (Makey (Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey – tahr.) shu Ukraina elchisi bilan gaplashsin), agar bu bajarilmasa, boshqacha javob beramiz. Ular juda ko‘p narsani xatarga qo‘yadi. Axir bu yerda elchi boshchiligidagi ukrainaliklar ko‘p, lekin biz ularga qonun bo‘yicha, odamdek muomala qilyapmiz. Ammo vaziyat avvalgidek emas. Shuning uchun: o‘zligini yomon tutishdi, biz munosabat bildirishga majbur bo‘ldik”, degan Lukashenko.
LiveBarchasi