Lukashenko hukumatda kadrlar o‘zgarishini amalga oshirdi
Olam
−
28 iyun
4093Belaruslik Aleksandr Lukashenko kecha, 27 iyun kuni hukumat va Prezident ma’muriyatidagi ba’zi kadrlarni tayinladi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.
Belarusning Rossiyadagi sobiq elchisi Dmitriy Krutoy Prezident ma’muriyatining yangi rahbari bo‘ldi. Lukashenko, shuningdek, Prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri, Bosh vazir o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi va sanoat vazirini almashtirdi.
“Avlodlar almashinuvi mavjud. Yosh, istiqbolli va professional odamlar hokimiyatga kelishi kerak. Agar biz ushbu shiddatli kurashdan omon qolishni istasak, samaradorlikni nihoyatda oshirish kerak. Har biringiz atrofda nima bo‘layotganini bilasiz. Tashqi ishlar vazirligini o‘ziga keltirish kerak. Men ochiq gapiraman: Tashqi ishlar vazirligi ishlay boshlashi uchun uni silkitish kerak. Ishlamoqchi bo‘lmaganlar va bugun meni eshitmaydiganlar - ular ishlamasligi kerak”, deydi Lukashenko.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi