Lukashenko hokimiyatni bolalariga qoldiradimi? Prezident aniq javob berdi

Olam

image

Belarusda hokimiyat avloddan avlodga ko‘chishi mumkin emas va bu mavzu Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Sochidagi muzokaralarda muhokama qilinmadi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.

“Belarusda hokimiyat avloddan avlodga ko‘chishi mumkin emas. Men avval ham aytganman: mendan keyin hech bir farzandim, nevaram va evaram bu lavozimga da’vo qila olmaydi. Hammasi konstitutsiya va qonunga muvofiq bo‘ladi”, deydi Lukashenko.

Lukashenkoga ko‘ra, Belarusning ichki siyosati faqat Belarusning o‘ziga tegishli. 

“Shuning uchun ham biz hokimiyatni boshqa birovga topshirish haqida gaplashmadik. Hatto bu uchrashuv mezboni tomonidan beadablik bo‘lar edi. Mamlakatimizni qanday qilib tartibga solish – o‘zimizning ishimiz. Tashqi siyosatga keladigan bo‘lsa, Putin bilan kelishib olganimizdek muvofiqlashtiramiz”, deya qo‘shimcha qildi Belarus rahbari.

Avvalroq, Belarus rahbari Lukashenko ommaviy axborot vositalarida tarqalgan Putin bilan o‘tgan uchrashuvi to‘g‘risidagi xabarlarning 70 foizini “to‘liq bema’ni”, deb atagani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Belarus Prezidenti Lukashenko Rossiya rahbari Putin bilan Sochida uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing