Lukashenko harbiy xizmatga SMS orqali chaqirishga ruxsat berdi

Olam

image

Belarusda fuqarolarni SMS orqali harbiy xizmatga chaqirishga ruxsat berildi. 3 aprel kuni tegishli hujjat Aleksandr Lukashenko tomonidan imzolangan.

Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, safarbarlik yoki urush davrida SMS xabarga e’tibor bermaslik xizmatdan bo‘yin tovlash moddalari bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tinchlik davrida esa bunday bildirishnomalar qo‘shimcha ogohlantirish manbaiga aylanadi.

Yangi tartibga ko‘ra, uyali aloqa operatorlari endi harbiy qo‘mondonlik va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) so‘rovidan bir hafta o‘tgach, shahardan telefon raqamlarini, ma’lum qo‘ng‘iroqlarni taqdim etishlari, shuningdek, bayonotlar ro‘yxatiga muvofiq SMS yuborilishini ta’minlashi shart. 

Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar telefon raqami o‘zgargan taqdirda harbiy komissiyalarga xabar berishi shart.

Qonun harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoni kuchaytiradi: endi bu ikki yil emas, uch yillik qamoq yoki ozodlikni cheklashga sabab bo‘ladi. Harbiy ro‘yxatga olish idoralari xizmat yoshidagilarning Belarusdan chiqib ketishini taqiqlashi mumkin. Shuningdek, chaqiruv qog‘oziga javoban vaqtida belgilangan joyga kelmaganlik uchun jarima miqdori ham bir necha barobarga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing