Lukashenko ham Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi
Olam
−
25 dekabr 2023
5596Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
“Aleksandr Lukashenko 25 dekabr kuni Sankt-Peterburgda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida, 26 dekabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
YeOII sammiti kun tartibiga 20 dan ortiq masala kiritilgan bo‘lib, ular ittifoqdagi integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, xalqaro faoliyat, makroiqtisodiy siyosat, to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar, ittifoq ichki bozoridagi imtiyozlar va cheklovlarni qisqartirish bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida Lukashenko Rossiya raisligining 2030 yilgacha, shuningdek, 2045 yilgacha Yevrosiyo integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyani shakllantirishga yondashuvlarni belgilash tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham YeOII va MDH sammitlarida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketgandi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov esa kecha, 24 dekabr kuni Sankt-Peterburgga yetib borgan.
LiveBarchasi