Lukaku intervyu sababli 600 ming yevro jarima to‘laydi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi hujumchi Romelu Lukakuni bir necha kun oldin bergan bahsli intervyusi uchun moliyaviy jarimaga tortadi. Bu haqda “La Gazzette dello Sport” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “aristokratlar” rahbariyati 28 yoshli hujumchini 600 ming yevrogacha jarimaga tortishi mumkin.

29 yoshli Lukaku intervyuda “Chelsi”dagi mavqeyidan noroziligi, murabbiyning taktikasi unga ma’qul kelmayotgani shuningdek, “Inter”ga nisbatan muhabbatini tan olib, Milan klubini tark etganidan afsusda ekanligi haqida gapirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shuning uchun u “Liverpul” (2:2) bilan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi 2021 yilning yozida “Inter”dan “Chelsi”ga 115 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning klubdagi maoshi yiliga 12 million yevroni tashkil qiladi.

Lukaku joriy mavsum “Chelsi” safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Liverpul' Inter Romelu Lukaku La Gazzette dello Sport

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing