Luka Modrich tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Kecha, 25 sentyabr kuni Vena (Avstriya) shahridagi “Ernst Xappel” stadionida UEFA Millatlar ligasining (“A” liga) 1-guruhi 6-tur uchrashuvlaridan o‘rin olgan Avstriya va Xorvatiya terma jamoalari bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yin xorvatlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv Xorvatiyaning to‘laqonli ustunligi ostida kechdi. Natijada, oltinchi daqiqadayoq hisob ochildi. Nikola Vlashichning uzatmasini “Real Madrid” yarim himoyachisi Luka Modrich gol bilan yakunladi. Bu gol orqali Luka Xorvatiya terma jamoasi tarixiga kirdi. U milliy terma jamoasida gol kiritgan eng yoshi keksa futbolchiga aylandi.

Qayd etish kerakki, Modrich Xorvatiya tarkibida 37 yosh-u 16 kunligida gol kiritgan. Bundan oldingi rekord Niko Kovachga tegishli bo‘lib, u 36 yosh-u 327 kunligida terma jamoa uchun gol urgan.

Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasining o‘yindagi qolgan ikkita goliga Marko Livayya va Deyan Lovren mualliflik qildi. Avstriyaliklar safida Kristof Baumgartner gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Luka Modrich

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing