Luka Modrich faoliyatini qanday yakunlashi haqida gapirdi
Sport
−
16 iyun 2020
5808Ispaniyaning “Real” futbol klubi yarim himoyachisi Luka Modrich aynan shu jamoada faoliyatini yakunlamoqchi. Sportchining izohini “La Gazzetta dello Sport” nashri keltirib o‘tdi.
34 yoshli futbolchining shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq tanaffusdan keyin 12 iyun kuni tiklangan joriy mavsumda xorvatiyalik yarim himoyachi klub safida 31 ta o‘yin o‘tkazdi. 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Men yana ikki yil yuqori saviyada o‘ynay olishimga aminman. Faoliyatimni "Real"da yakunlamoqchiman. Ammo bu klubga bog‘liq", dedi futbolchi.
Modrich “Real”ga 2012 yilda Angliyaning “Tottenxem” klubidan o‘tgan. Jamoa bilan birgalikda u Ispaniya kubogi sohibi bo‘lgan. Uch bor mamlakat superkubogi va UEFA Superkubogi g‘olibiga aylangan. Bundan tashqari, to‘rt marta Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. Modrich 2018 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.
Xorvatiya terma jamoasi bilan birgalikda Modrich Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finaliga qadar yetib bordi va finalda jamoa Fransiya terma jamoasiga yutqazdi. Umuman olganda, yarim himoyachi milliy terma jamoa libosida 127 ta o‘yinda (tarixdagi ikkinchi natija, peshqadam - Dario Srna, u 134 ta o‘yinda ishtirok etgan) maydonga tushdi va 16 ta gol (Niko Kranjkar bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi, peshqadam Davor Shuker, u 45 marta to‘p kiritgan) urdi.
LiveBarchasi