Luis Enrike PSJni tark etmoqchi
Sport
−
07 yanvar 4888 1 daqiqa
Ispaniyalik murabbiy Luis Enrike Parij klubi bilan shartnomasini yangilashni rejalashtirmayapti va murabbiy shartnomasi yakunlangach jamoani tark etmoqchi. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Luis Enrike Fransiya klubi PSJ bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish taklifini rad etgan. Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha, ya’ni 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi va u keyingi mavsumdan so‘ng klubni tark etishni rejalashtirmoqda.
Luis Enrike 2023 yil yozidan beri PSJ bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu vaqt mobaynida u jamoani ikkita Fransiya chempionligi, ikkita Fransiya kubogi va bitta Fransiya superkubogiga olib chiqdi. Shuningdek, Enrike qo‘l ostida “Pari Sen-Jermen” UEFA Superkubogi, Qit’alararo kubogi va Chempionlar Ligasida ham g‘olib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijning PSJ klubi Luis Enrikega uzoq muddatli shartnoma, hatto umrbod shartnoma deb ta’riflangan variantni taklif qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi