Luganskda 55 yoshdan oshgan erkaklar ham armiyaga chaqirildi
Olam
−
21 fevral 2022
8431O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk Xalq Respublikasi rahbari Leonid Pasechnik 55 yoshdan oshgan erkaklarni ixtiyoriy safarbar etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
“Lugansk Xalq Respublikasi rahbarining 2022 yil 19 fevraldagi “Safarbarlik e’lon qilish va Lugansk Xalq Respublikasi hududida joriy etilgan harbiy holat rejimini ta’minlashga qaratilgan ayrim chora-tadbirlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish kiritilsin. 2-band quyidagi mazmun bilan to‘ldirilsin: “55 yoshdan oshgan erkak fuqarolarni ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga chaqirish”, deyiladi hujjatda.
Ta’kidlanishicha, farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ma’lumot o‘rnida, Donbassdagi to‘qnashuv chizig‘idagi vaziyat joriy yilning 17 fevral kuni ertalab keskinlashdi. Lugansk va Donetsk Xalq Respublikalarida so‘nggi oylarda Ukrainadan eng kuchli o‘qqa tutilganlik haqida xabar berildi. 18 fevral kuni Pasechnik va DXR rahbari Denis Pushilin harbiy harakatlar xavfi ortib borayotgani sababli respublikalar aholisini Rossiyaga evakuatsiya qilish haqida e’lon qildi. 19 fevralda respublikalarda umumiy safarbarlik boshlandi.
LiveBarchasi